info@handicrafters.uz

Festival konsepsiyasi

handicrafters.uz > Festival konsepsiyasi

Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida har ikki yilda bir xalqaro hunarmandlar festivali bo’lib o’tadi. Festivalga ko’p davlatlardan turli yo’nalishlar bo’yicha hunarmandlar tashrif buyuradilar.

Festival bo’lib o’tadigan hudud: Farg’ona viloyati, Qo’qon shahridagi “Xudoyorxona” o’rdasi va unga tutashgan istirohat bog’i.
O’tgan sana: 2023 yil 21-23 sentyabr.

Festival haqida qisqacha:

Festivalda hunarmandlar festival ramzi tushirilgan chodirlarda hamda turli xil milliy liboslarda qatnashadilar. festivalda 60 dan ortiq joylardan turli yo’nalishlarda mashhur va tajribali chet ellik hunarmandlar, 1600 ga yaqin hunarmandlar ishtirok etadilar. Shu bilan birga, festivalda hunarmandlarning sevimli va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan asarlari namoyish etildi.

Festival bo‘lib o‘tadigan markaziy istirohat bog‘ida va “Xudoyorxon” o‘rdasida turli ko‘rinishda tashkiliy ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Misol uchun, kashtachilar shaharchasi, o‘ymakorlar shaharchasi, misgarlar shaharchasi, zardo‘zlar shaharchasi va boshqa hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha hududlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rgazmada hunarmandlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada folklor-etnografik shoular va teatr tomoshalari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Hunarmandlarga festival ramzi tushirilgan qo‘lqop, fertuklar, salfetkalar va qalpoqlar taqdim etiladi.

Tadbirning maqsad va vazifalari:

  • Hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishga yordam berish, tashqi va ichki bozorlarda sotishga ko‘maklashish;
  • Xalqaro festivallar uyushtirib hunarmandchilik va turizmni rivojlantirish;
  • Festival bo‘lib o‘tishiga shart-sharoit yaratish (ovqatlanish joylari, mehmonxona va yotoqxonalar qurish, avtomashinalar to‘xtash joylari va boshqalar). Shuningdek, yangi korxonalar, yangi ish joylari yaratish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirib, Qo‘qon shahrining infrotuzilmasini rivojlantirish va yaxshilash ko‘zda tutilgan. Festival tomoshabinlarga milliy an’analarni saqlab qolinishini namoyish etibgina qolmay, folklor va milliy cholg‘u ansambllarining chiqishlari orqali milliy madaniyatimiz hamda ma’naviyatimizni targ‘ib etishga omil bo‘ladi. Har bir viloyat va qo‘shni davlatlardan ko‘rgazma guruhlari an’anaviy tarzda festival maydonlarida namoyish etiladi.
  • Festivalda o‘tkaziladigan mahorat darslari hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish uchun xizmat qiladi.

Aniq maqsadlar quyidagilardan iborat:

  • Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
  • Hunarmandchilik mahsulotlarini milliy va xalqaro darajada targ‘ib qilish;
  • Mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, fikr almashish va tajriba almashish uchun platformalar yaratish;
  • An’anaviy hunarmandchilik yo‘nalishidagi mahalliy jamoalar, ayollar va yoshlar uchun daromad imkoniyatlarini ta’minlash;
  • Hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Mahalliy aholi orasida tadbir va konkurslar o‘tkazib yoshlarni hunarmandchilikka qiziqishini orttirish;
  • Xalqaro hamkorlik va hunarmandlarga platforma yaratish.

Tavsif:

  • Festivalda quyidagi komponentlar bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkaziladi:
  • Festival miqyosidagi folklor ansambllari va guruhlarining chiqishlari yoshlarga milliy qadriyatlarning ustuvorligini singdirishga yordam beradi. Festival davomida ommaviy axborot vositalarida ushbu tadbirni keng qamrovli yoritilishiga bag‘ishlangan turli xil gala-konsertlar, marosimlar o‘tkaziladi.

Ilmiy yondoshuv:

Festival doirasida “Hunarmandchilikning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiya bir kun davom etadi. So‘zga chiquvchilar soni 5-6 kishidan iborat. Seminarni o‘tkazish va tashkillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akadkmiyasiga topshirilgan.

Madaniy komponent:

Festivalda O‘zbekiston va xorijdagi taniqli dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar defilyesi o‘tkaziladi. Festivalning ochilish kuni va festivalning yakuniy qismida gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Konsert Xudoyorxon rezidentsiyasining kirish qismida maxsus qurilgan sahnada bo‘lib o‘tadi. Sahna dizayni modulli led panellar, katta chodir, atlas lentalar va boshqalardan tashkil topgan bo’ladi.

Ijtimoiy komponent:

Festival davomida an’anaviy kurash, chavandozlik namoyishlari, qo‘g‘irchoqbozlar, hunarmandlar yarmarkasi, o‘zbek an’anaviy musiqa va raqs konserti hamda palov tayyorlash tanlovi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Media komponent:

Madaniy merosga bag’ishlangan nashrlar turli milliy va xalqaro materiallardan foydalanishda namoyish qilish.
, kundalik konferensiya materiallari materiallar nashrlarda chop etiladi. Ommaviy axborot kampaniyasi tomonidan rahbariyat mediarejaga yordam festivali axborot axborot olish orqali keng yo’naltiriladi.

Tarjimonlik faoliyati:

Xorijlik mehmonlarga tarjimonlik qilish uchun oliy o’quv yurtlari talabalari safidan volonterlar guruhi tashkil etish.