Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida har ikki yilda bir marotaba xalqaro hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalga ko‘p davlatlardan turli yo‘nalishlar bo‘yicha hunarmandlar tashrif buyuradilar.
Festival bo‘lib o‘tadigan hudud: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi “Xudoyorxona” o‘rdasi va unga tutashgan istirohat bog‘i.
O‘tkaziladigan sana: 2023 yil 21-24 sentyabr.
Festival haqida qisqacha:
Festivalda 1000 dan ortiq hunarmandlar ishtirok yetadi, festival ramzi tushirilgan chodirlarda ishtirok etadigan barcha hunarmandlar milliy liboslarda qatnashadilar. Festivalda 60 dan ortiq mamlakatlardan turli yo‘nalishlarda mashhur va tajribali chet ellik hunarmandlar, 1600 ga yaqin mahalliy hunarmandlar ishtirok etadilar. Shu bilan birga, festivalda mahalliy hunarmandlarning sevimli va xalqaro miqiyosda e’tirof etilgan asarlari namoyish etiladi.
Festival bo‘lib o‘tadigan markaziy istirohat bog‘ida va “Xudoyorxon” o‘rdasida turli ko‘rinishda tashkiliy ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Misol uchun, kashtachilar shaharchasi, o‘ymakorlar shaharchasi, misgarlar shaharchasi, zardo‘zlar shaharchasi va boshqa hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha hududlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rgazmada hunarmandlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada folklor-etnografik shoular va teatr tomoshalari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.Hunarmandlarga festival ramzi tushirilgan qo‘lqop, fertuklar, salfetkalar va qalpoqlar taqdim etiladi.
Tadbirning maqsad va vazifalari:
- Hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishga yordam berish, tashqi va ichki bozorlarda sotishga ko‘maklashish;
- Xalqaro festivallar uyushtirib hunarmandchilik va turizmni rivojlantirish;
- Festival bo‘lib o‘tishiga shart-sharoit yaratish (ovqatlanish joylari, mehmonxona va yotoqxonalar qurish, avtomashinalar to‘xtash joylari va boshqalar). Shuningdek, yangi korxonalar, yangi ish joylari yaratish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirib, Qo‘qon shahrining infrotuzilmasini rivojlantirish va yaxshilash ko‘zda tutilgan. Festival tomoshabinlarga milliy ananalarni saqlab qolinishini namoyish etibgina qolmay, folklor va milliy cholg‘u ansambllarining chiqishlari orqali milliy madaniyatimiz. Ma’naviyatimizni targ‘ib etishga omil bo‘ladi. Har bir viloyat va qo‘shni davlatlardan ko‘rgazma guruhlari ananaviy tarzda festival maydonlarida namoyish yetiladi.
- Festivalda o‘tkaziladigan mahorat darslari hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish uchun xizmat qiladi.
Aniq maqsadlar quyidagilardan iborat:
- Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
- hunarmandchilik mahsulotlarini milliy va xalqaro darajada targ‘ib qilish;
- mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, fikr almashish va tajriba almashish uchun platformalar yaratish;
- Ananaviy hunarmandchilik yo‘nalishidagi mahalliy jamoalar, ayollar va yoshlar uchun daromad imkoniyatlarini taьminlash;
- Hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- Mahalliy axoli orasida tadbir va konkurslar o‘tkazib yoshlarni hunarmandchilikka qiziqishini orttirish;
- Xalqaro hamkorlik va hunarmandlarga platforma yaratish.
Tavsif:
- Festivalda quyidagi komponentlar bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkaziladi:
- Festival miqyosidagi folklor ansambllari va guruhlarining chiqishlari yoshlarga milliy qadriyatlarning ustuvorligini singdirishga yordam beradi. Festival davomida ommaviy axborot vositalarida ushbu tadbirni keng qamrovli yoritilishiga bag‘ishlangan ko‘plab turli xil gala- marosimlar o‘tkaziladi.
Ilmiy yondoshuv:
Festivalda doirasida “Hunarmandchilikning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.Konferensiya bir kun davom yetadi. So‘zga chiquvchilar soni 5-6 kishilardan iborat.Seminarni o‘tkazish va tashkillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akadkmiyasiga topshirilgan.
Madaniy komponent:
Festivalda O‘zbekiston va xorijdagi taniqli dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar defilesi o‘tkaziladi. Festivalning ochilish kuni va festivalning yakuniy qismida gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Konsert Xudoyorxon rezidentsiyasining kirish qismida maxsus qurilgan saxnada bo‘lib o‘tadi.Sahna dizayni modulli led panellar, katta chodir, atlas lentalar va boshqalardan tashkil topgan.
Ijtimoiy komponent: Festival davomida ananaviy kurash, chavandozlik namoyishlari, qo‘g‘irchoqbozlar, hunarmandlar yarmarkasi, o‘zbek ananaviy musiqa va raqs konserti va palov tayyorlash tanlovi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Media komponent: madaniy merosga bag‘ishlangan nashrlar turli xil milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida namoyish etiladi.
Konferensiya materiallari xorijiy nashrlarda chop etiladi. Ommaviy axborot kampaniyasi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga muvofiq festival ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritiladi.
Tarjimonlik faoliyati: xorijlik mexmonlarga tarjimonlik qilish uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari safidan volonterlar guruhi tashkil etiladi.
Jamoat tartibi: festival o‘tkaziladigan kunlarda ichimliklar va yengil gazaklar sotilishi tashkil yetiladi. Shuningdek, festival kunlari milliy taomlar tanlovlari o‘tkaziladi. Patir va somsa tayyorlanadigan tandirlar o‘rnatiladi. Pishirilgan taomlar festival ramzi aks etgan kichik bayroqchalar bilan bezatiladi.