info@handicrafters.uz
Uncategorized @uz

“Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi

handicrafters.uz > Yangiliklar > Uncategorized @uz > “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi

Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat…

Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023 yilning mart oyida tashkil etildi va unda ikki ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2023 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi va unda ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi.

Hunarmand” uyushmasi tomonidan Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik” festivali veb-saytini uch (o‘zbek, rus, ingliz) tillarida http://handicrafters.uz yaratildi. Veb-saytda festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. Shuningdek, festivalda ishtirok etishni istagan xorijlik hunarmandlar, ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari,nufuzli mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza berib ro‘yxatdan o‘tdilar. 2023 yil 9 avgust kuni veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi.