info@handicrafters.uz
Festival
Qo'qon

Qo‘qondagi festivalda 500 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etadi

handicrafters.uz > Yangiliklar > Festival > Qo‘qondagi festivalda 500 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etadi

Bugun ilk marta festival oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Qo‘qon shahridagi “Baxt uyi” tantanalar saroyi festivalning matbuot markazi…

Bugun ilk marta festival oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Qo‘qon shahridagi “Baxt uyi” tantanalar saroyi festivalning matbuot markazi sifatida tanlangan. Bu haqda jurnalist Elyor Ehsonov xabar berdi. Xalqaro hunarmanchilik festivalini yoritishda mamlakatimizning barcha hududlari va chet eldan keladigan 150 danortiq televideniye, radio, gazetalar va internet nashrlarining jurnalistlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda ko‘hna kentda bu yirik xalqaro festival tadbiriga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Matbuot anjumanida Qo‘qon shahar hokimi ta’kidlaganidek, shahar ahli katta shodiyonaga tashrif buyuradigan mehmonlarni o‘ziga xos tarzda kutib olishga alohida hozirlik ko‘rayotir. Jumladan, 5 qit’adan 200 dan ortiq xunarmandlar 24 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etadi. Shu kunga qadar 170 nafar qatnashish istagidagi hunarmandlarga yo‘l chiptalari yuborilgan.

Festival dasturiga binoan, xorijiy va mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazma-savdosi, ko‘rik-tanlovi, mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya hamda folklor-etnografik guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Turli xalq o‘yinlari, teatr tomoshalari, an’anaviy kurash, chavandozlik, qo‘g‘irchoqbozlar hamda mahalliy dizaynerlarning moda namoyishlari, palov tayyorlash, o‘zbek an’anaviy musiqa va raqs konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Dasturga ko‘ra, O‘rda maydonida festivalning rasmiy ochilish va yopilish marosimi, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi hamda xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlar va folklor jamoalari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etiladi, osh tanlovlari o‘tkaziladi.